"Quruvchilar" mahallasida yangilanish davri!
"Quruvchilar" mahallasida yangilanish davri!
Bugun mazkur mahallada "Obod mahalla" dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanib, hudud foydalanishga topshirildi.
Dastur doirasida mahallaning infratuzilmasi yaxshilanib, aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi. Xususan, ichki yo‘llar asfaltlandi, hududda yashil maydonlar barpo etilib, zamonaviy yoritish tizimlari o‘rnatildi. Shuningdek, aholining mazmunli dam olishi uchun barcha qulayliklarga ega bolalar va sport maydonchalari hamda Nuroniylar maskani foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimining birinchi o'rinbosari A.Jumaboyev, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.