2026-07-15 13:13 @yoshlar_online telegram

🏅 IPhO 2026: O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etdi

Telegram postini ochish

🏅 IPhO 2026: O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etdi 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO 2026)da muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixida ilk bor 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. ✅ Asilbek Jumanazarov — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal; ✅ Muhammad Abdumalikov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal; ✅ Elbek Uroqov — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab — bronza medal; ✅ Xasan Kamolov — Qo‘qon shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab — bronza medal; ✅ Javohir Aknazarov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — Honorable Mention. Mazkur natija O‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro fizika olimpiadasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni tayyorlash tizimi izchil rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.